«Eng yaxshi kitobxon» ko’rik-tanlovining hududiy (1-sektor) bosqichi o’tgazildi.

Yangiliklar

Kitobga do‘st bo‘lish,kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Shu munosabati bilan  joriy yilning 14-aprel kuni Muzrabot tuman Axboroot-kutubxona markazida Muzrabot tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda o’tkazilgan, «Eng yaxshi kitobxon» ko’rik tanlovining hududiy (1-sektor) bosqichi bo’lib o’tdi.
Unda tumandagi 14-15-16-17-37-42-55-57maktab o’quvchilari qatnashdi.Ushbu ko‘rik-tanlov orqali o‘quvchi yoshlarni qanchalik bilimga egaliklarini va kitobga bo’lgan qiziqishini bilib olish mumkin bo’ldi.
Ko’rik-tanlovni Muzrabot TAKM mutaxassislari tamonidan munosib baholanib borildi. Tanlov yakuniga ko’ra tuman bosqichida. 1-o’rin 17-maktab o’quvchisi Sh.Norqulova,2-o’rin 14-maktab o’quvchisi B.Eshquvvatova,3-o’rin 42-maktab o’quvchisi Sh.Norqulova tuman bosqichiga yo’llanmani qo’lga oldi.