Kitobga do‘st bo‘lish,kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Shu munosabati bilan joriy yilning 17-aprel kuni Muzrabot tuman Axboroot-kutubxona markazida Muzrabot tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda o’tkazilgan, «Eng yaxshi kitobxon» ko’rik tanlovining hududiy (4-sektor) bosqichi bo’lib o’tdi.
Unda tumandagi 19-29-38-40 maktab o’quvchilari qatnashdi.Ushbu ko‘rik-tanlov orqali o‘quvchi yoshlarni qanchalik bilimga egaliklarini va kitobga bo’lgan qiziqishini bilib olish mumkin bo’ldi.
Ko’rik-tanlovni Muzrabot TAKM mutaxassislari tamonidan munosib baholanib borildi.Natijalarga ko’ra 1-o’rinni 38-maktab o’quvchisi M.Xayitmurodova,2-o’rinni 40-maktab o’quvchisi Z.Qayumova, 3-o’rinni 19-maktab o’quvchisi U.Utamovalar egallab tuman bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.