«Eng yaxshi kitobxon» ko’rik-tanlovining tuman bosqichi

Yangiliklar

Kitobga do‘st bo‘lish,kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. Shu munosabati bilan  joriy yilning 1-may kuni Muzrabot tuman Axboroot-kutubxona markazida Muzrabot tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi bilan hamkorlikda o’tkazilgan, «Eng yaxshi kitobxon» ko’rik tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda tumandagi 2-maktab 4-maktab 7-maktab 7-IM  8-maktab 39-maktab 50-maktab  o’quvchilari qatnashdi. Ko’rik-tanlov ikki shart bo’yicha bellashdilar, 1-shart tanishtiruv qismi 2-shart savol-javob asosida bellashildi. Ushbu ko‘rik-tanlov orqali o‘quvchi yoshlarni qanchalik bilimga egaliklarini va kitobga bo’lgan qiziqishini bilib olish mumkin bo’ldi.

Ko’rik-tanlovni Muzrabot TAKM mutaxassislari tamonidan munosib baholanib borildi. Tanlov yakuniga ko’ra tuman bosqichida. I-o’rini 7-maktab o’quvchisi Qodirova Munisa va 39-maktab o’quvchisi G’afforova Charos, II-o’rini 8-maktab o’quvchisi Saydullayeva Mohitobon, III-o’rini 2-maktab o’quvchisi Egamberdiyeva Bahtiniso va 7-IM o’quvchisi Normurodova Sardor g’olib deb topildi. Ko’rik-tanlov juda ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.