“Ertaklar yaxshilikka yetaklar”

Yangiliklar

📚 “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” 📚
Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimi S. Beknazarova va Vallayeva N. tumandagi 13-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, tayyorlov va o‘rta guruh bolalari uchun “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” mavzusida ertakxonlik mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Mashg‘ulot davomida bolajonlarga “Bo‘g‘irsoq” va “Bo‘z bola” ertaklari ifodali tarzda o‘qib berildi. Ertaklar orqali bolalarga yaxshilik, do‘stlik va halollik kabi ezgu tushunchalar singdirildi.
📖 Ertak — bolalar qalbiga ezgulik urug‘ini sochadi!