“Ertaklar yaxshilikka yetaklar”

Yangiliklar

📚 “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” 📚
Bugun Muzrabot tuman ko‘chma kutubxona xodimi Ismoilova Lobar 15-maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” mavzusida bolajonlar bilan tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar “Zo‘raki folbin” ertagiga sahna ko‘rinishlarini ijro etishdi, shuningdek, ertak mavzusidagi she’rlar va qo‘shiqlarni taqdim etib, o‘quvchilarning qalbiga bahoriy kayfiyat ulashdi. 🌸✨
Tadbir yosh kitobxonlarda ertaklarga qiziqish va o‘qish madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi. 📖💫