Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazining “Obi hayot” MFY.da tashkil etilgan ko’chma kutubxonada aholiga axborot-kutubxona xizmatini yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida «Ertaklar- yaxshilikka yetaklar» mavzusi asosida ertaksevar bolajonlarga «Gapiruvchi Baliq» ertaki o’qib berildi.
Bolajonlar ertakni qiziqib tingladilar.Ertaklar – bola dunyoqarashining shakllanishida ertaklarning o’rni beqiyos. Kichkintoylar ertaklarning sehrli olamiga sayr qilish orqali murg’ak tafakkurlarida haqiqiy hayot haqida tasavvur hosil qilish bilan birga jajji qalblarida ezgulikka muhabbat va yovuzlikka nafrat hissini tuyadilar.

