“Ertaklarning sirli olami” mavzusida davra suhbati o’tkazildi

Yangiliklar

“Ertaklarning sirli olami” mavzusida davra suhbati
Muzrabot tumani “Obi hayot” mahallasida joylashgan ko‘chma kutubxonada yosh kitobxonlar ishtirokida “Ertaklarning sirli olami” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 7-sonli maktabning 2- va 3-sinf o‘quvchilari qatnashib, ertaklar olamiga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar.Davra suhbati davomida bolalar:sevimli ertak qahramonlari haqida suhbatlashdilar,
yangi kitoblar bilan tanishdilar,ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati borasida foydali tushunchalarga ega bo‘ldilar.Ushbu tadbir yosh kitobxonlarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularni ertaklar olamiga yanada yaqinlashtirishga xizmat qildi.