Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida markaz fondiga yangi kelib tushgan vaqtli matbuot nashrlariga bibliografik sharh taqdim etildi. Tadbir davomida xodimlarga nashrlarning mazmun-mohiyati, dolzarb mavzulari hamda ularni o‘quvchilarga yetkazishning samarali usullari haqida ma’lumot berildi.
📖 Bunday bibliografik sharhlar mutolaa targ‘ibotini kuchaytirish, zamonaviy kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.