“Gender tenglik ayollarning ijtimoiy ximoya tengligidir” mavzularida keng qamrovli kitob va rasmli ko‘rgazma tashkil etildi

Yangiliklar

Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida “Gender tenglik — taraqqiyot kafolati” va “Gender tenglik ayollarning ijtimoiy ximoya tengligidir” mavzularida keng qamrovli kitob va rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.Ko‘rgazmada gender tenglikni ta’minlash, oilada sog‘lom muhit yaratish, ayollar va erkaklarning jamiyatdagi o‘rni, oila mas’uliyati va zamonaviy tarbiya kabi mavzularni yorituvchi turli yo‘nalishdagi adabiyotlar jamlandi.Ko‘rgazmaning maqsadi — jamiyatda gender tenglik madaniyatini kuchaytirish, aholining bu boradagi bilimini kengaytirish, kitoblar orqali ijobiy fikr va qarashlarni shakllantirishdir. Gender tengligi madaniyatini kuchaytirish va kitobxonlarga bu haqida ma’lumotlar berish maqsadida kutubxona xodimlari ham faollik ko’rsatmoqda.