Joriy yilning 19-sentyabr kuni Muzrabot tuman 1-maktab kutubxonasining o’quv zalida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi va tumanning “Yo’lchi” mahallasi bilan hamkorlikda “Gender tenglik; Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyat kafolatlari”, “Xotin -qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish”, “Kibermadaniyatni yuksaltirish” nomli davra suhbatlari boʻlib oʻtdi.
Suhbat davomida “Yo’lchi” MFYning yettiligi, Axborot-kutubxona markazining xodimi hamda mahallada istiqomat qiluvchi keksa otaxon-onaxonlar, xotin-qizlar qatnashishdi.
Suhbat davomida Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikni taʼminlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlari kengaytirilganligi, mahallada erta turmushning oldini olish va ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish boʻyicha aytib oʻtildi.

