«Gerbim-fahrim»

Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi — Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy davlat ramzi. Davlat gerbi Oʻzbekiston Oliy Kengashining 1992-yil 2-iyuldagi 10-sessiyasida “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi 616-XII-sonli qonuniga asosan tasdiqlangan.Bugun 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari  «Gerbim-faxrim» mavzusida targ’ibot o‘tkazdilar.