Gerbim-Faxrim

Video lavhalar

2025 yil 2-iyul kuni Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi tasdiqlanganligining 33 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.  1992 yil 2- iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.
Bugun ushbu muqaddas ramzni kattayu kichik birdek qadrlaydi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning tom ma’nodagi asl tasvirini ko‘radi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan.