📚 Kitob — ma’naviyat manbai, bilim — taraqqiyot kaliti!
“INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazining mutaxassisi Bobomurotova M. tumanimizdagi 33-sonli maktabiga tashrif buyurib 2- sinf o’quvchilariga ga “Har joyda o’qi, moviy jamadon bilan” mavzusida “Moviy jamadon” loyihasini olib bordilar.
📖 Tadbir davomida bolajonlarga turli xalq ertaklari adabiyotlari taqdim etildi, kutubxona xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berildi hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqish yanada oshirildi.
🌟 Bunday tashriflar bolajonlarda kitobga muhabbat uyg‘otish, bilim va ma’naviyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

