Hisobot yig’ilishi

Yangiliklar

Joriy yilning 21-yanvar kuni Аdib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat axborot -kutubxona markazi hamda АOKА hudidiy boshqarmasi bilan 2024 yil yakunlari hamda 2025 yilda amalga oshiriladigan vazifalar boʼyicha tuman axborot -kutubxona markazi rahbarlari ishtirokida hisobot yigʼilishi boʼlib oʼtdi.Viloyatda 13 ta tuman axborot -kutubxona markazlari faoliyat olib bormoqda.Viloyatimiz hokimi tashabbuslari bilan Qumqoʼrgʼon,Muzrabot tuman axborot -kutubxona markazlari toʼliq taʼmirlanib,kitobxonlarga zamonaviy kutubxona xizmatini koʼrsatish uchun kompyuter texnologiyalari bilan taʼminlandi. Oʼtgan yilda bajarilgan ishlar yaʼni binolarni taʼmirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,yangi adabiyot bilan boyitilishi,kitob mutollasi,kitob targʼiboti,masofadan xizmat koʼrsatish barchasi tahlil qilindi.Undan tashqari bu yilda yangi binolar qurish, jihozlar bilan toʼldirish,kitobxonlar soʼrovi boʼyicha kitoblar xarid qilish boʼyicha topshiriqlar berildi.