Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida mutaxassisi Xulkaliyeva S. Tuman Mudofaa ishlari bo’limida bo’lib inson huquqlari loyihasi doirasida “Huquq – hayot asosidir” mavzusida “Fuqarolik protsessual huquqi” nomli kitobi asosida kitoblar targ’ibotini o’tgazdi.
Targ’ibot davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sud jarayonining mazmuni, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, sud adolatining tamoyillari, hamda qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar mazkur kitobning yuridik sohaga oid chuqur bilim berishi, amaliy tajriba bilan uyg‘unlashgani va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdi.

