Bugun Muzrabot tumanidagi Axborot-kutubxona markazida tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi bilan hamkorlikda muzrabotlik taniqli ijodkor Sirojiddin Qulboboyevning ikkinchi – “Shaffof tuygʻular” nomli kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari qiziriqlik Yoʻldosh Mirzayev, Termiz tumanidan Narzulla Soʻfizoda, jarqoʻrgʻonlik faxriy pedagog, shoir Chori Zarif, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, “Muzrabot” gazetasi muharriri Abdusalom Yoʻldoshev va boshqalar qatnashdilar.
Taqdimotda ustoz ijodkorlar oʻquvchilarga S.Qulboboyev ijodiga oid fikrlari bilan oʻrtoqlashishdi hamda oʻz sheʼrlaridan namunalar oʻqidilar.
Isteʼdodli oʻquvchilarning badiiy chiqishlari barchaga iliq taassurot uygʻotdi.