📚 Jamiyatning asosiy tayanchi bu – oila. Oilada ma’naviy muhitni yaxshilash, farzandlar tarbiyasidagi mas’uliyat, milliy qadriyatlarni singdirish va qator tashabbuslarda faol, shijoatli va tashabbuskor ayollarning o‘rni bor. Farzandlarimiz ongida el-yurtga, Vatanga muhabbat tuyg‘ulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilar ekan, o‘sha oila, o‘sha mahalla gullab-yashnaydi.
Muzrabot tumani hokimligida tuman Axborot kutubxona markazi va tumanning faol ayollari ishtirokida “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, mutaassiblik va radikallashuvning oldini olish” va “Kitobxon ona oila poydevori” mavzularida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha viloyat bosh mutaxassisi X.Mengnorov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari K.Jamahmatov, tuman hokimi o’rinbosari M.Tagayeva hamda axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etdilar.