Bugun kutubxonamiz yoshlar bilan yanada go‘zallashdi!
Joriy yilning 16- iyun kuni Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi hamda tumanning “Yo’lchi” MFY.da istiqomat qiluvchi Xushvaqtov B. va “Yangi hayot” MFY da istiqomat qiluvchi Nurinov Y.oilasining farzandlari bilan mazmunli uchrashuv, ilmga boy ekskursiya tashkil etildi.
Yoshlarimiz kutubxona fondi, axborot resurslari, va xorijiy adabiyotlar bilan tanishdi.
Ular kutubxona faqat kitob o‘qiladigan joy emas, balki bilim, rivojlanish va ijodiy o‘sishga yetaklovchi muhit ekanini his qilishdi.
🔍 Har bir savol, har bir nigoh – bilimga bo‘lgan chanqoqlik va o‘zini topishga bo‘lgan intilish timsoli edi.
📚 Kutubxona – bu orzular boshlanadigan, yutuqlarga ilk qadam qo‘yiladigan maskan.
✨Yoshlarimizga ilmli, izlanishga to‘la yo‘l tilaymiz. Kutubxona ularga ilhom, bilim va orzu-umid manbai bo‘lishiga ishonamiz. Kelajak sizniki!