Respublika Ma’naviyat ma’rifat bo’limining Muzrabot tuman bo’lim boshlig’i Xolto’rayev Sh. va Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari yoshlarni kitobxonlikka jalb etish va yangi adabiyotlar bilan tanishtirish maqsadida tumandagi “Mehrigiyoh” MFY.da tashkil qilingan ko’chma kutubxonaga tashrif buyurdilar. Davra suhbati “Ilmi bo’l bolajon” shiori ostida o‘tkazilib, unda o‘quvchilar bilan qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi.
Yosh kitobxonlar o‘zlari o‘qigan asarlar yuzasidan berilgan savollarga aniq va tezkor javob berishdi. Ular kitoblarning mazmun-mohiyatini qanchalik tushunganini, qahramonlar va voqealar haqida qanday tasavvurga ega ekanini namoyish etishdi.
Davra suhbati so‘ngida so‘zga chiqqan Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi rahbari Xursanov B. yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undashini ta’kidladilar.

