Joriy yilning 31-iyul kuni Muzrabot tuman axborot – kutubxona markazida kitobxonlikni targʻib qilish va kitobxonlarni jalb qilish maqsadida Imom al-Buxoriy tavalludining 1215 yilligi munosabati bilan “Hadis ilmi Suktoni” nomli kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.
Imom al-Buxoriy hayoti davomida ilm talabida uzoq safarlarga chiqqan, eng ishonchli hadislarni yig‘ib, ularni tartib bilan kitob holiga keltirgan. Uning ilmga bo‘lgan muhabbati, halolligi va adolatga qat’iy rioya qilgani uni buyuk alloma darajasiga ko‘tardi. 2025-yilda butun musulmon olami bu ulug‘ zotning tavalludining 1215 yilligini keng nishonlamoqda. Bu sana nafaqat Imom Buxoriyga hurmat ifodasi, balki yoshlarga ilm, halollik va e’tiqod namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda. Imom al-Buxoriy merosi bugun ham ma’naviyat yo‘llarida yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qilmoqda.