«Inson aziz uning xotirasi undanda aziz»

Yangiliklar

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug` fazilatlaridan biridir. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog`idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko`rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni engib o`tgan momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g`amxo`rlik va e`tibor ko`rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma`no-mazmun bilan boyidi. 9 may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.

Bugun Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Muzrabot tuman hokimligi va tumanda faoliyat yuritayotgan tashkilot va korxona ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda «Inson aziz uning xotirasi undanda aziz» shiori ostida 9-may xotira va qadirlash kuni xamda ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alabaning 78-yilligiga bag’shlangan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirning so’ngida matamsaro ona haykal poyiga gulchanbar qo’yish marosimi bo’lib o’tdi.