“INSON HUQUQLARI” HAFTALIGI

Yangiliklar

Inson huquqlari – bu insonning tug’ilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladigan huquq va erkinliklardir. Ushbu universal huquqlar millati, jinsi, irqi yoki etnik kelib chiqishi, rangi, dini, tili, yoki boshqa huquqiy maqomidan qat’iy nazar, hech qanday kamsitishlarsiz barcha uchun xosdir. Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1 – sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qtuvchi va o‘quvchilari bilan bilan birgalikda “O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-46 son qarori 12-bandida belgilangan “INSON HUQUQLARI” HAFTALIGINI o’tkazish bo’yicha “Huquqimiz qonun himoyasi ostida” mavzusida suhbat o’tkazildi.