Joriy yilning 2-sentyabr kuni Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tumanning 33-umumta’lim maktabida bo’lishib “Inson huquqlari qonun himoyasida” nomli kitoblar targ’ibotini oʻtkazishdi.Targ’ibotda kitobxonlarga Inson huquqlari – insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha ekanligi haqida gapirib oʻtildi. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir deb ma‘lumot berildi.