Inson huquqlarini targ‘ib etish.

Yangiliklar

Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan, shuningdek tumanning 13-DMTT xodimlari ishtirokida inson huquqlariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
So‘nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur davra suhbati ishtirokchilarga inson huquqlarini targ‘ib etish va ularni himoya qilish borasidagi bilim va tushunchalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.