“Inson” ijtimoiy xizmatlar markaz a’zolari uchun ma’naviyat va kitobxonlikka bag‘ishlangan iliq uchrashuv tashkil etdi. 

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari joriy yilning 26-noyabr kuni tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, markaz a’zolari uchun ma’naviyat va kitobxonlikka bag‘ishlangan iliq uchrashuv tashkil etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar bilan: kitob o‘qishning ruhiy va ma’naviy hayotdagi o‘rni,adabiyotning inson dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati,
hamda kitob bilan do‘stlashishning oddiy va foydali usullari haqida samimiy suhbat olib borildi.Uchrashuv ishtirokchilarga yangi adabiyotlar tanishtirildi, ular esa o‘zlariga manzur bo‘lgan kitoblar haqida fikr almashdilar. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tib, kitobga bo‘lgan qiziqishni yana-da kuchaytirdi.Targ‘ibot ishlari davom etadi!Barchani kutubxonamizga tashrif buyurib, kitoblar olamidan bahramand bo‘lishga chorlaymiz!