Joriy yilning 22-aprel kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi”ga start berildi.
Respublikada to’rtinchi marotaba o’tkazilayotgan bunday keng ko’lamdagi haftalik Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarori asosida tashkil etilmoqda.
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida ham ushbu haftalikning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda haftalik mehmonlari, ishtirokchilar, tashkilotchilar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirning ochilish marosimida Muzrabot tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo’linmasi rahbari Sh.Xolto’rayev so’zga chiqib “Kitobxonlik haftaligi”ning ahamiyati haqida to’xtalib, ma’naviy yuksalishga qo’yilayotgan dadil qadamlardan biri ekanligini ta’kidladi.
Axborot- kutubxona markazi rahbari B.Xusanov so’zga chiqib,Kitobxonlik haftaligi” davomida yoshlarda kitobga bo’lgan qiziqishni uyg’otishga qaratilgan mashg’ulotlar o’tkazilishi, Voha yoshlari o’rtasida kitobxonlik tanlovi, kutubxonachilar uchun mahorat saboqlari, noshirlik salohiyati namoyishi va boshqa turli sohaviy tadbirlar, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilishi haqida batafsil so’zlab berdilar.
Tabdir yosh kitobxonlarimiz ijro etgan she’r,kuy va qo’shiqlar bilan davom ettirildi.
26 -aprelga qadar davom etadigan haftalik doirasida kitoblar taqdimotlari, adabiy muloqot va uchrashuvlar, davra suhbatlari, ma’rifiy tadbirlar,seminarlar va boshqa ko’plab qiziqarli loyihalar o’tkazilishi rejalashtirilgan.