📚 “Jadid namoyondalari — millat uyg‘onishining peshqadamlari”
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Axborot-kutubxona markazida jadid namoyondalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida o‘quvchilar Turkiston jadidchilik harakatining yetuk namoyondalari — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Cho‘lpon, Fitrat kabi ma’rifatparvarlarning hayoti va ijodi, ularning millat ravnaqi yo‘lidagi fidokorona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirda jadidlarning asosiy g‘oya va maqsadlari — zamonaviy ta’limni rivojlantirish, ilm-ma’rifatni targ‘ib etish, milliy o‘zlikni anglash va jamiyatni taraqqiyot sari yetaklash masalalari keng yoritildi. Suhbat jarayonida ishtirokchilar faol fikr almashib, savol-javoblarda qatnashdilar.

