“Jadidlar izidan” ko’rik-tanlovning tuman bosqichi

Yangiliklar

Bugun Muzrabot tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi,Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Muzrabot tuman boʻlinmasi va Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda  “Jadidlar Izidan” koʻrik tanlovi tuman bosqichi oʻtkazildi.

Tanlovda tumanning sektorlar bosqichida gʻolib boʻlgan 6-7-8 va 9-10 sinf oʻquvchilari bellashdi. Qizgʻin bahs munozaralarga boy boʻlgan ushbu tanlovda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

6-7-8 sinf o’quvchilari o’rtasida 1-o’rinni 14-maktabning 8-sinf o’quvchisi Eshqubvatov Bobur.
9-10 sinf o’quvchilari o’rtasida 1-o’rinni 14-maktabning 9-sinf o’quvchisi Xudoyorov Zuxriddin
keyingi bosqichga yoʻllanma oldilar. Gʻolib boʻlganlarga keyingi bosqichlarda omadlar tilab qolamiz!