O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida 2025 yil 20- noyabr kuni Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati tomonidan “Jadidlarning asosiy g’oya va maqsadlari” mavzusida tumandagi 1-sonli maktabning 7-sinf o’quvchilari ishtirokida targ’ibot o’tkazildi. O’tkazilgan targ’ibotda o’quvchilar jadid namoyondalari bilan yaqindan tanishdilar va ularning amalga oshirgan ishlarini tushuntirib o’tildi.
Targ’ibotdan so’ng o’quvchilar axborot-kutubxona markazining “Axborot Bibliografiya xizmati” bo’limi ko’rgazmalari bilan tanishdilar.

