Hozirda terrorizm dunyo hamjamiyati uchun asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, so‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab radikallashuv va ekstremistik g‘oyalarning keng tarqalishi, zo‘ravonlik va terrorizm xurujlarining ortishi ham kuzatilmoqda.
Tuman axborot kutubxona markazida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida davra suhbat o’tkazildi.
Suhbatda Dini ishlari qo’mitaning Muzrabot tumani bo’yicha bosh mutaxassisi Esanov Komil ma’ruza qilib, bugungi kunda yurtimizdagi tinchlik va farovon hayotning qadriga yetish, yurtimiz ravnaqi va aholimiz turmush darajasini yanada oshirish uchun birdamlikda halol mehnat qilish lozimligi haqida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari, Muzrabot tuman imom xatibining o’rinbosari Bobotojoyev Xudoymurod o’z so’zida ayrim yoshlarimizning turli radikal oqimlarga qo‘shilib qolayotgani, buning oldini olish uchun onalarimiz farzandlar tarbiyasiga yanada e’tiborliroq bo‘lishi lozimligi tushuntirib o‘tildi.