“Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida davra suhbat o’tkazildi.

Yangiliklar

Hozirda terrorizm dunyo hamjamiyati uchun asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, so‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab radikallashuv va ekstremistik g‘oyalarning keng tarqalishi, zo‘ravonlik va terrorizm xurujlarining ortishi ham kuzatilmoqda.

Tuman axborot kutubxona markazida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida davra suhbat o’tkazildi.

Suhbatda Dini ishlari qo’mitaning Muzrabot tumani bo’yicha bosh mutaxassisi Esanov Komil ma’ruza qilib, bugungi kunda yurtimizdagi tinchlik va farovon hayotning qadriga yetish haqida so’zladi.

Bundan tashqari, Respublika Ma’naviyat markazining Muzrabot tuman bolimining mutaxasisi Safarov Sh.  o’z so’zida ayrim yoshlarimizning turli radikal oqimlarga qo‘shilib qolayotgani, buning oldini olish uchun onalarimiz farzandlar tarbiyasiga yanada e’tiborliroq bo‘lishi lozimligi tushuntirib o‘tildi.Suhbat so’ngida hujjatli film qo’yib berildi.