«Keling birga kitob o’qiymiz»

Yangiliklar

Bugun yurtimizda kitobxonlikka, xususan, yoshlarni kitob mutolaasiga rag‘batlantirish borasida tinimsiz harakat olib borilmoqda. Tanlovlar, aksiyalar, uchrashuvlar, targ‘ibot tadbirlari… Bularning zamirida bitta maqsad – aholini kitobxonlikka o‘rgatish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishi davomida berilgan topshiriqlar boʻyicha 50-sonli yigʻilish bayoni ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Milliy kutubxonasininig 2024-yil 12- yanvardagi 5-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 6(21)bandi: «Madaniyat markazlari va kutubxonalar faoliyati samaradorligini oshirish orqali aholi xususan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish» bo’yicha 9-iyul kuni Muzrabot tumani Axborot kutubxona markazi abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan Kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida faol kitobxonlar bilan birgalikda “Keling birga kitob oʻqiymiz!” shiori ostida targ’ibot ishlarini olib borildi.