Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Ismoilova L. bugun Sopollitepa mahallasidagi Bozorovlar xonadonida ayollar o‘rtasida kitob targ‘iboti o‘tkazildi. Tadbir davomida badiiy adabiyotlar, qiziqarli va ibratli asarlar haqida samimiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
Ayniqsa, o‘zbek adabiyotining durdonasi bo‘lgan Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asari alohida muhokama qilindi. Otabek va Kumushning hayoti, ularning sadoqat, muhabbat va vatanparvarlik timsoli bo‘lgan obrazlari haqida fikr almashildi.
📖 Kitob — ayol ma’naviyatining eng yaqin hamrohi!

