O’quvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash boʻyicha “Dolzarb 90 kun” tadbiri doirasida joriy yilning 18-iyun sanasida Muzrabot tumani axborot kutubxona markazi xodimlari va tumanning 8-IDUM o’quvchilaro o’rtasida “Kitob beminnat ustozdir” nomli davra suhbat o’tkazishdi.Suhbat davomida kitob insonni komillikka yetaklashini, hayot qoidalari, yashash san’atini o’rgatishini, kitob bilim beradi, ilm esa ziyo, nur, ma’naviy quvvat berishi haqida o’quvchilarga aytib o’tishdi. Ayniqsa, yoshlarning baxt-u kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o’rni borligi haqida ta’kidlab o’tishdi.