«Kitob bilan do’stlash bolajon»
Zamonaviy texnologiya va vositalar juda keng tarqalgan bugungi kunda yoshlarni, bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish, ularni mutolaa jarayoniga jalb qilish murakkab vazifa bo‘lib qolmoqda. Xo‘sh, butun mamlakat bo‘ylab kitob mutolaasiga rag‘batni oshirish, kitobxonlar safini yanada kengaytirish uchun yana qanday ishlar amalga oshirilishi kerak? Nima qilinsa yoshlar, bolalar kitob o‘qishga jon-jahdi bilan intiladi? Buning uchun birinchi navbatga kitobga olib boradigan yo‘llar yaqin va oson bo‘lishi kerak.
Joriy yilning 5-iyun kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi bo‘ylab «Yangi hayot» mahallasida istiqomat qiladigan bu yilgi maktab ostonasida turgan bolajonlarga «Kitob bilan do’stlash bolajon» nomli ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida kutubxona fondidagi bolalar adabiyotlari bilan tanishtirildi. Kitoblar bilan yaqindan tanishgan bolajonlarda bu ekskursiya katta ta’surot qoldirdi.