“Kitob-bilim manbai” mavzusida  axborot-kutubxona markaziga kelgan  eng so‘nggi va qiziqarli adabiyotlar targ’iboti o’tkazildi.

Yangiliklar

Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi o’rtasida kitobxonlikga bo’lgan qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida “Shaffof” mahalllasi yaqinida joylashgan do’kon va maishiy shahobchalar oldida  “Yo’l-yo’lakay kitob o’qiymiz” loyihasi asosida “Kitob-bilim manbai” mavzusida  axborot-kutubxona markaziga kelgan  eng so‘nggi va qiziqarli adabiyotlar targ’iboti o’tkazildi.
📖Shuningdek TAKM xodimlari aholiga kutubxonadan foydalanish tartib qoidalari haqida ma’lumotlar berib o’tdi.

Hurmatli kitobxon kuzatuvchilar!

📚Har bir kitob siz uchun yangi dunyo eshigini ochadi. Axborot-kutubxona markazi  xodimlari sizga eng yaxshi kitoblarni tanlashda yordam berishdan mamnun bo‘ladi.

📖Kitoblar orqali yangi bilimlar o‘rganing va hayotingizni boyitib boring!