Kitob — bilim manbai, taraqqiyot poydevori!

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Atoyeva M. tumandagi “Mikrokreditbank” jamoasida bo‘lib, kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbir davomida xodimlarga kutubxonada mavjud badiiy, ilmiy-ommabop va sohaviy adabiyotlar, yangi nashrlar hamda elektron resurslar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mutolaaning inson tafakkuri va kasbiy mahoratini oshirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, Prezidentimizning kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash, axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirish va aholining, ayniqsa, yoshlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qaror va farmonlari mazmun-mohiyati haqida ham so‘z yuritildi.

📚 Kitob — bilim manbai, taraqqiyot poydevori!