Kitob — bilim sari ochilgan eshik.

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazining “Ko‘chma kutubxona” loyihasi doirasida navbatdagi kitob targ‘iboti tadbiri tashkil etildi.
Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimi Boltayeva Mohichehra tomonidan ko‘chma kutubxonaning eng faol kitobxon o‘quvchilari uchun “Kitob taqdimoti” o‘tkazildi.
Taqdimot jarayonida to‘garak a’zolariga xorijiy tillarni o‘rganishga mo‘ljallangan foydali adabiyotlar tavsiya etildi. Jumladan, “Essential English Words”, “Koreyscha–o‘zbekcha lug‘at”, hamda “O‘zbekcha–ruscha so‘zlashuv” kitoblari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu qo‘llanmalar o‘quvchilarning til o‘rganish jarayonini yengillashtirishi, lug‘at boyligini oshirishi va erkin muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda yangi bilim manbalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
📚 Kitob — bilim sari ochilgan eshik.