Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Ismoilova Lobar 16-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati bilan tanishib uslubiy amaliy yordam ko’rsatdi.
Tashrif davomida maktab kutubxonachisi Normatova Turdixol hamda maktab direktori Zokir aka bilan suhbat o‘tkazildi. Maktabda jami 531 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Shundan 285 nafari kutubxona fondidagi o‘zlariga manzur bo‘lgan kitoblardan muntazam foydalanib kelmoqda.
Mutaxassis Ismoilova Lobar kutubxona ish yuritish hujjatlari, fond bilan ishlash jarayoni hamda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish tizimi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, kutubxonachi uchun yangi va yetarlicha o‘zlashtirilmagan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Mazkur tashrif maktab kutubxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘quvchilar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━
📖 Kitob – bilim va ma’naviyat manbai!
━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

