📚 “Kitob – bizning do‘stimiz” mavzusida targ‘ibot tadbiri
2025-yil 12-dekabr kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimi M. Boltayeva tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida “Bodomzor” mahallasida kitob targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir “Kitob – bizning do‘stimiz” mavzusiga bag‘ishlanib, mahalla aholisi va yosh kitobxonlar uchun qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
📖 Targ‘ibot jarayonida ishtirokchilarga:
“Ko‘chma kutubxona” faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berildi,
turli janrdagi kitoblar tanishtirildi,
o‘qishga tavsiya etilgan asarlar bo‘yicha fikr almashildi.
Ushbu tashabbus aholida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, mahallalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

