Kitob — bizning eng yaqin do‘stimiz

Yangiliklar

📚 Kitob — bizning eng yaqin do‘stimiz 📖
Muzrabot tumanidagi “Obi hayot” mahallasida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchilari tumandagi ko‘chma kutubxonaga tashrif buyurdilar.
Yosh kitobxonlar kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklari bilan ajralib turadilar. Ular faol kitobxon o‘quvchilar safidan o‘rin olib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga intilmoqdalar.
O‘quvchilar asosan ertak kitoblarni mutolaa qilishni, shuningdek, bahor fasliga oid she’riy to‘plamlardan she’rlar o‘rganib, yod olishni maqsad qildilar.
Bunday tashriflar yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning tafakkurini boyitish hamda ma’naviy dunyosini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.