2024-yil 27-avgust kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga tumanning “Yo’lchi” mahallasi yoshlari “Kitob-bu hayot” mavzusida ekskursiyaga tashrif buyurdilar. Dastavval ishtirokchilarga kutubxona faoliyati haqida tushuntirishlar berildi va u yerdagi yaratilgan sharoitlar haqida tanishtirildi. Ekskursiya davomida yoshlarning intellektual va ijodiy qobilyatlarini yuzaga chiqarib, yanada kamol toptirish uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklar yaratilganligiga guvohi bo‘lganliklarini bildirishdi va kutubxonaga a’zo bo’ldilar.

