Kitob – zamonlar to’lqinida suzuvchi, o’zidagi ma’nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab etkazuvchi tafakkur kemasidir. Shu bois Muzrabot tuman Axborot – kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan aholi o‘rtasida kitob mutolaasi va targ’iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida aholi o‘rtasida “Kitob hayot yo’li chirog’i” mavzusida kitobxonlik targ‘iboti o‘tkazildi. Targ‘ibot jarayonida mutaxassislari tumanning “Ijtimoiy himoya markazi” ga bo’lishib kutubxonadagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirdilar. Bugungi kunda kutubxonachilar oldida turgan asosiy maqsad kitoblar sonini emas, kitobxonlar salmog’ini oshirishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

