KITOB – JASORATGA YETAKLAYDI!

Yangiliklar

📚 KITOB – JASORATGA YETAKLAYDI! 🇺🇿
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazining ko’chma kutubxonasida 8-maktabning “Jasorat maktabi” o‘quvchilari hamda ularning ustozlari Umurqulov Zokir boshchiligida ko‘chma kutubxonaga ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya davomida o‘quvchilar ko‘chma kutubxona faoliyati, undagi badiiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda vatanparvarlik ruhidagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir yosh avlodda kitobxonlik madaniyatini oshirish, Vatanga muhabbat va jasorat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
📖 Kitob – bilim manbai,
🇺🇿 Jasorat – kelajak poydevori!