Kitob – ma’naviyat chirog‘i. Shu ezgu maqsadda Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari “Yangi hayot” MFYga navbatdagi ko‘chma kutubxona bilan tashrif buyurdi.Yoshlar va kitobsevarlar yangi adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlariga yoqqan asarlarni mutolaa qilish imkoniga ega bo‘ldi. Ko‘chma kutubxona tadbiri odamlarning kitobga mehrini oshirib, mahallada samimiy muhit yaratadi.