📚 KITOB — MA’RIFAT VA TARAQQIYOT MANBAI!
Tumanning Mikrokreditbank filialida bank mijozlari uchun kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida kitoblar targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Xolyorova Yu. tomonidan bank mijozlariga badiiy, tarixiy hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar targ‘ib qilinib, kitob mutolaasining inson tafakkuri va kundalik hayotdagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Tadbir kitobxonlikni keng targ‘ib etish, aholi orasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga xizmat qildi.
📖 Kitob — bilim chirog‘i,
🌱 Ma’rifat — jamiyat taraqqiyoti poydevori!

