✅ Ona — bola uchun nainki hayot manbai, balki uning birinchi muallimi, birinchi tarbiyachisi va eng birinchi o’rnak bo’ladigan insondir. Agar ona kitob o’qishga qiziqsa, o’z dunyoqarashini kengaytirsa, farzandi ham albatta kitobga mehr qo’yadi. Zero, bola onasiga qarab ulg’ayadi, uning har bir harakati, so’zi, odatini o’zlashtiradi.
📚 SHu sababli har bir oilada kitob o’qishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Uyda kitoblar uchun alohida burchak tayyorlanishi, kechqurunlar oilaviy kitob mutolaasi an’anaga aylanishi kerak.
Joriy yilning 8-sentyabr kuni Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Boltayeva M. tumanning “Bodomzor” MFY.da “Yo’l-yo’lakay ” loyihasi asosida sevimli o’zbek adiblarimiz kitoblarini targ’ibotini olib bordi.
Suhbatimizdan shuni anglash mumkinki, kitobxon ona farzandi uchun buyuk tarbiya maktabidir.