✅ Ona — bola uchun nainki hayot manbai, balki uning birinchi muallimi, birinchi tarbiyachisi va eng birinchi o’rnak bo’ladigan insondir. Agar ona kitob o’qishga qiziqsa, o’z dunyoqarashini kengaytirsa, farzandi ham albatta kitobga mehr qo’yadi. Zero, bola onasiga qarab ulg’ayadi, uning har bir harakati, so’zi, odatini o’zlashtiradi.
📚 SHu sababli har bir oilada kitob o’qishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Uyda kitoblar uchun alohida burchak tayyorlanishi, kechqurunlar oilaviy kitob mutolaasi an’anaga aylanishi kerak.
Bugun kutubxonamizga jajji farzandini yetaklab kitobxon ona tashrif buyurdi. “Yangi hayot” MFY.da va “Shaffof” MFY da istiqomat qiluvchi onalarimiz Sadatova G. va Sadatova D. suhbatimizdan shuni anglash mumkinki, kitobxon ona farzandi uchun buyuk tarbiya maktabidir. Agar farzandimizning bilimli, axloqli, ma’rifatli bo’lishini istasak, avvalo o’zimiz kitobga do’st bo’lishimiz kerak.