📖 Kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Xulkaliyeva S.tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi. Tadbir davomida aholiga va yosh kitobxonlarga badiiy hamda ma’rifiy adabiyotlar tanishtirilib, mutolaaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni kitob o‘qishga keng jalb etish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga da’vat etish maqsadida tavsiyalar berildi. Tadbir kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
📚 Kitob o‘qing — fikrlang, rivojlaning!

