📚✨ So‘rovnoma tashkil etildi ✨📚
Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tuman hududida joylashgan Mikrokreditbank xodimlari o‘rtasida “Kitob – bilim va ma’rifat manbai” mavzusida so‘rovnoma tashkil etildi.
So‘rovnoma davomida ishtirokchilar kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishga qo‘shadigan hissasi hamda o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Mazkur so‘rovnoma aholining, ayniqsa tashkilot xodimlarining kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularni mutolaaga keng jalb etish va ma’naviy saviyasini oshirishga xizmat qiladi.
📖 Kitob – tafakkur boyligi va ma’naviyat poydevoridir.

